Superdarvozabon “Siti”ni tanladi

  • 17 avgust, 08:08
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Jahon futbolida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan golkiper Janluiji Donnarumma ham kelajagini “Manchester Siti” bilan bog‘lashga rozi bo‘ldi.

Tecno

Nikrla Skiraning ma’lum qilishicha,  26 yoshli darvozabon Angliya Premer-ligasiga ko‘chib o‘tishga va “shaharliklar” jamoasiga qo‘shilishga tayyorligini bildirgan.

Italiyalik yulduzning “Pari Sen-Jermen”ni tark etishi aniq bo‘lib ulgurdi. Angliya Premer-ligasining etakchi klublari Donnarummaga da’vogarlik qilgan edi. Biroq vaziyat “Manchester Siti” foydasiga hal bo‘ladigan ko‘rinadi.

O‘tgan mavsum Gvardiola jamoasi darvozasini qo‘riqlagan braziliyalik Ederson va germaniyalik Shtefan Ortegaga Evropa va Saudiya Arabistonining qator klublaridan chorlovlar bo‘lyapti. Qolaversa, Gvardiola klub tarbiyalanuvchisi Jeyms Traffordni ham ortga qaytardi.

Katta maqsadlarni ko‘zlagan klub uchun Donnarumma darajasidagi posbon ham juda muhim. Shu bois, manchesterliklar uning bir yillik shartnomasini PSJdan 40 million evro atrofidagi mablag‘ evaziga sotib olishga tayyor.

Bir necha manbalarning yozishicha, “Manchester Siti” jahonning jng kuchli darvozabonlaridan biri sifatida e’tirof etilgan Donnarummaga yiliga 12 million evro maosh berishga qaror qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!