Superklub Jül Kunde bilan muzokara boshladi
Bundesliga chempioni «Bavariya» Ispaniya chempionati g‘olibi «Barselona»ning markaziy himoyachisi Jül Kundeğa jiddiy qiziqish bildirimoqda.
Sport.es nashrining yozishicha, myunxenliklar so‘nggi kunlarda futbolchining vakillari bilan uchrashib, uning kelajak rejalari va shartnomaviy talablarini o‘rgangani.
Manbaga ko‘ra, 27 yoshli himoyachi o‘zini hali ham «Barselona» futbolchisi sifatida ko‘radi. U klubda qolishni, shuningdek, 2024/2025 yilgi mavsumda ko‘rsatgan o‘yin darajasiga yana qaytishni maqsad qilgan.
Jül Kunde 2022 yil yozida «Barselona» safiga qo‘shilgan. O‘tgan mavsumda u barcha musobaqalarni qo‘shib hisoblaganda 47 ta uchrashuvda maydonga tushdi, uchta gol urdi va to‘rtta golli pas berdi. Hozirgi shartnomasiga ko‘ra, futbolchi klub bilan 2030 yil yozigacha bog‘langan.
Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, Kundening bozor qiymati 60 million yevro atrofida baholanmoqda.

Fikrlar