Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Superklubning Xolandga puli yetmadi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Bu transfer bo‘lmaydi

Myunxenning «Bavariya» klubi «Manchester Siti» hujumchisi Erling Holand transferiga oid o‘z pozitsiyasini aniqlashtirdi. Bu haqida nemis futboliga ixtisoslashgan insayder Kristian Falk ma’lum qildi.

Uning xabariga ko‘ra, nemis grandi norvegiyalik forvardni sotib olish rejasini ko‘rib chiqayotgani yo‘q. Myunxen klubi Holand nomzodidan uning juda qimmat transferi va yuqori maoshi sabab voz kechgan.

Eslatib o‘tamiz, Holandning «Manchester Siti» bilan amaldagi shartnomasi 2034 yilgacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda u yetti o‘yinda yetti gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Erling Holand Germaniya chempionati muxlislariga yaxshi tanish. U avvalroq Dortmundning «Borussiya» jamoasi sharafini himoya qilgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q