Superliga. Bugun 24-tur start oladi
Toshkent va Samarqandda o‘yin bor!
Bugun Superliga 24-turi start oladi. Turni ochib beruvchi o‘yin Toshkentda bo‘lib o‘tadi.
Unda OKMK va "Olimpik" jamoalari bahs olib boradi. Uchrashuv 16:00da "Olmaliq Markazi stadioni"da boshlanadi.
Yana bir qarama-qarshilik Samarqandda "Dinamo" va "Lokomotiv" o‘rtasida kechadi. Bu o‘yin esa 18:15da start oladi.
Eslatib o‘tamiz, 24-tur bellashvlari 7-10 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.






Izohlar (0)