"Surxon" kambek qurboni bo'ldi
Yangi mavsumga tayyorgarlikni Turkiyaning Antaliya shahrida olib borayotgan Termizning "Surxon" klubi navbatdagi nazorat oʻyinida maydonga tushdi. "Uchar tulporlar"ga bu safar Armanistonning "Alashkert" klubi raqiblik qildi. Uchrashuvning 42-daqiqasida Muhammadali Musoxonovning pasidan soʻng Stiven Chenedu qaychi uslubida gol urib hisobni ochdi. Ikkinchi boʻlimning 3-daqiqasida raqiblarning xatosidan soʻng Chenedu dublni rasmiylashtirdi. Biroq oʻyinning 54, 73 va 90daqiqalarida raqiblar ketma-ket gollar urib, gʻalabani ilib ketdi. Yakuniy hisob 2:3 "Alashkert" foydasiga.
Fikrlar