Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

"Surxon" yangi transferni e'lon qildi

Shuhratbek Jo'rayev
Izohlar: 0

Qishki transfer yangiliklari.

"Surxon" qishki seleksiya jarayonida Sunatillo Abdullojonovni oʻz safiga qoʻshib oldi. 

Klub matbuot xizmatining yozishicha, 29 yoshli futbolchi erkin agent sifatida kelib qoʻshildi va jamoa bilan 1+1 koʻrinishdagi shartnomaga qoʻl qoʻydi.

2025 yilning mavsumuda u "Xorazm" jamoasini sharafini himoya qilib, barcha musobaqalarida 3 gol urdi va 7 ta golli uzatma oʻz hisobiga yozdi

Faoliyati davomida Abdullojonov Olmaliq, Andijon, Qizilqum, Bunyodkor, Turon, Neftchi, Olimpik hamda Xorazm jamoalarida toʻp surgan. Abdullojonov 2024 yilda Oʻzbekiston Kubogi sohibi boʻlgan

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q