Tchuameni Mourin'oga kerak emas

  • 27.06.2026 22:00
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Real" jamoasida to‘p surib kelayotgan fransuz yarim himoyachisi Orelien Tchuameni yangi bosh murabbiy Joze Mourinyo rejalariда o‘rin egalamasligi mumkin. Bu haqida futbol olamida insayderlik ma'lumotlari bilan tanilgan Nikolo Skira xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, madriddliklar 26 yoshli futbolchini yozgi transfer oynasida sotish ehtimolini ko‘rib chiqmoqda. Avvalroq Tchuameniga "Manchester Yunayted" klubi jiddiy qiziqish bildirgani haqida ma'lumotlar paydo bo‘lgan edi.

O‘tgan mavsumda Tchuameni "Real" tarkibida barcha musobaqalarni qo‘shib hisoblaganda 49 ta o‘yinda maydonga tushdi, ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol etdi va yana ikki marta golli uzatma muallifiga aylandi.

Transfermarkt portali mutaxassislari fransuz yarim himoyachisining bozor qiymatini 70 million yevro atrofida baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!