Ter Shtegen "Barsa"da qoladi

  • 19.12.2025 13:54
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

"Barselona" klubi darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen yanvar oyidagi transfer oynasida jamoasini o‘zgartirishni rejalashtirmayapti, deya xabar beradi "Marca" nashri.

Tajribali darvozabonga bu mavsumda o‘yin amaliyoti etishmayapti. Xans-Diter Flik boshchiligidagi murabbiylar shtabi Joan Garsiyani asosiy posbon sifatida ko‘rmoqda. Shunga qaramay, germaniyalik mavsum oxirigacha jamoada qolishga tayyor. Uning "ko‘k-anorranglilar" bilan shartnomasi 2028 yil yozida tugaydi.

33 yoshli ter Shtegen 2014 yil yozidan beri Kataloniya grandida o‘ynamoqda. "Transfermarkt" portali uning bozor qiymatini etti million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!