Terma jamoa tarqatib yuborildi

  • 01.01.2026 21:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Barselona” va “Arsenal”da oʻynagan mashhur toʻpurar Pyer-Emerik Obameyang yetakchiligidagi Gabon milliy terma jamoasi hukumat qarori bilan tarqatib yuborildi.

Bunga terma jamoaning Afrika Millatlar kubogi musobaqasidagi muvaffaqiyatsiz ishtiroki sabab boʻldi.

Gabonliklar guruh bosqichidagi uchta uchrashuvda birorta ochkoni qoʻlga kirita olmadi. Terma jamoa Kamerunga 0:1, Mozambik va Kot-d’Ivuarga bir xil – 2:3 hisobida yutqazdi.

- Afrika millatlar kubogidagi sharmandali ishtirokni inobatga olgan holda, hukumat milliy terma jamoa faoliyatini keyingi xabarga qadar toʻxtatish va murabbiylar shtabini ishdan boʻshatish toʻgʻrisida qaror qabul qildi, - dedi Gabon sport vaziri Simplis-Dezire Mambula.

Shuningdek, jamoadan uning koʻp yillik yetakchisi va eng yaxshi toʻpurari Pyer-Emerik Obameyang ham chiqarib yuborildi. Ōz davrida “Arsenal”, “Chelsi” va “Barselona” kabi bir qator grand klublarda muvaffaqiyatli toʻp tepgan 36 yoshli futbolchi Gabon terma jamoasida 82 ta uchrashuvda 39 ta toʻp kiritgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!