Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Terma jamoada katta yo‘qotish!

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

O'rniga boqsha futbolchi kerak

2026 yildagi jahon chempionatida ishtirok etishga tayyorgarlik ko‘rayotgan Avstriya milliy terma jamoasi musobaqa boshlanishiga bir necha kun qolgan pallada katta yo‘qotishga uchradi.

Kristof Baumgartner o‘ng soni mushaklaridan olgan jarohati sababli turnirda ishtirok eta olmaydigan bo‘ldi.

26 yoshli yarim himoyachi Tunisga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi oldidan qizib olish mashg‘uloti vaqtida shikastlangan.

Tibbiy ko‘rik natijalariga ko‘ra, u jahon chempionati boshlanguniga qadar tiklanishga ulgurmasligi aniqlandi.

Avstriya terma jamoasi bosh murabbiyi Ralf Rangnik shunday dedi:

“Bu Kristof uchun ham, biz uchun ham juda og‘ir xabar. U jamoamizning muhim futbolchisi va asosiy figuralaridan biri”.

Uning o‘rniga kim chaqirilishi masalasi keyinroq hal qilinadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q