Terma jamoaning qarorgohi o‘zgartirildi
“Jahon chempionati–2026”da ishtirok etish uchun AQSHning Kaliforniya shtatidagi San-Diego shahrida joylashgan Shveytsariya terma jamoasi shoshilinch tarzda yangi baza qidirmoqda.
Bunga jamoa mehmonxonasi atrofida zaharli ilonlar aniqlandi sababi bo‘lgan. Shveytsariya futbol assotsiatsiyasi futbolchilar va xodimlarni “ilonlar hududi”ga bormaslik haqida ogohlantirgan va hatto bu hududni maxsus xaritada belgilab qo‘ygan.
Qayd etilishicha, San-Diego okrugi chaqmoqdum ilonlar yashaydigan hudud hisoblanadi. Mintaqada uchraydigan to‘rt turdagi chaqmoqdum ilonning barchasi zaharli sanaladi.
Jahon chempionatining guruh bosqichida Shveytsariya terma jamoasi Kanada, Bosniya va Gertsegovina hamda Qatar terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.
Shveytsariya o‘zining ilk uchrashuvini 13 iyundan 14 iyunga o‘tar kechasi Qatarga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar