"The Ring" yil bokschilarini aniqladi?

  • 21.12.2020 23:24
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Profescional boksda o‘ziga xos nufuzga ega bo‘lgan "The Ring" jurnali har yili an’anaviy tarzda o‘z nominatsiyalarini e’lon qiladi. 2020 yilda "Yilning eng yaxshi bokschisi" nominatsiyasiga bir yo‘la ikki nafar charmqo‘lqop ustasi loyiq, deb topildi. Bular Teofimo Lopes va Tayson Fyuridir.

Teofimo Lopes (16-0, 12 KO) professional boksning engil vazn toifasida ( 61 kg) faoliyat yuritadi. U o‘zining so‘nggi jangida Vasiliy Lomachenkoni mag‘lub etib, ushbu vaznda barcha kamarlarni qo‘lga kiritdi.

Superog‘ir vazn toifasi vakili britaniyalik Tayson Fyuri (30-0-1, 21KO) esa, 2020 yilda WBC chempioni Deontey Uaylderni 7-raundda nokautga uchratgan edi. Tayson Fyuri yil bokschisi nomini ikki marta (2015, 2020) qo‘lga kiritgan yagona britaniyalik bokschiga aylandi.

te

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!