Tim Tszyu otasining darajasiga chiqa oladimi?
Ahmadbek Eshmatov
Kichik Tszyu 6 dekabr kuni navbatdagi jangini o‘tkazadi.
Sobiq mutloq jahon chempioni Kostya Tszyu va uning o‘g‘li Tim birgalikda ochiq mashg‘ulot o‘tkazishdi. Mazkur mashg‘ulotdan olingan video lavhalarni katta Tszyu o‘z instagram sahifasiga qo‘ydi.
Tim Tszyu navbatdagi jangini 6 dekabr kuni Avstraliyada o‘tkazadi. Uning bu galgi raqibi Jek Brubaker bo‘ladi. Avvalroq, kichik Tszyu IBF ning qit’alararo chempionlik kamari sohibiga aylangan edi.


Izohlar (0)