Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Top-klubda katta yo‘qotish

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Futbolchi uchun mavsum tugadi

Angliya Premier-ligasining eng mashhur klublaridan hisoblangan “Chelsi” hujumkor futbolchisi Estevao Villian son orqa mushak jarohati sabab joriy mavsumning qolgan qismida maydonga tushmaydi.

U ushbu jarohatni o‘tgan shanba kuni “Manchester Yunayted”ga qarshi o‘yinda (0:1) olgan va 16-daqiqada almashtirilgan edi.

Tekshiruvlar 18 yoshli futbolchining Premier-liga va Angliya kubogidagi qolgan o‘yinlarda ishtirok eta olmasligini tasdiqladi.

BBC jurnalistlari ma’lumotiga ko‘ra, u yozda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati uchun Braziliya termasi ro‘yxatiga kirmay qolishi xavfi ortib bormoqda.

Joriy mavsumda Estevao “Chelsi” safida 36 ta o‘yinda ishtirok etib, raqiblar darvozasini 8 marta ishg‘ol qilgan va jamoadoshlariga 4 ta golli pas uzatgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q