
To‘purar kerakmi, 240 million evro to‘lang!
“Chelsi” 2023 yilning yozgi transferlar oynasi vaqtida “Manchester Siti”ga kerak bo‘lmay qolgan Koul Palmerni 47 million evro evaziga transfer qilgandi.
Iqtidorli hujumkor futbolchining o‘yini ochilib ketdi. Ayni paytda Palmer “aristokratlar”ning eng samarali futbolchisi hisoblanadi. 21 yoshli iqtidor egasi muntazam gol urmoqda va jamoadoshlariga golli pas uzatyapti.
Manchesterliklar Palmerni qo‘yb yuborib xato qilganini tushunib etdi. Uni ortga qaytarib, yozda klubni tark etishi kutilayotgan Kevin de Bryuynening o‘rnini Palmerga topshirishmoqchi.
London superklubi bu o‘yinchini osonlikcha qo‘yib yubormaydi. “Chelsi” manchesterliklarning tarbiyalanuvchisini qaytarish uchun ulardan 240 million evro talab qilayotgani aytilmoqda.
Agar “Manchester Siti” bu summaga ko‘nsa, Koul Palmer eng qimmat transfer sohibiga aylanadi. Hozircha bu ko‘rsatkich Neymarga tegishli bo‘lib, PSJ 2017 yilda braziliyalik hujumchi transferi uchun “Barselona”ga 222 million evro to‘lagan.
Fikrlar