Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

"Tottenxem" hujumchisini BAA klubiga sotmadi

Karim Xudayqulov
Izohlar: 0

«Tottenxem» Risharlisonini BAA klubi taklifiga qarama-y sotmadi, u kamida yanvargacha jamoada qoladi.

Londonning «Tottenxem» klubi rahbariyati Braziliya terma jamoasi hujumchisi Risharlisonni Birlashgan Arab Amirliklaridan kelgan taklifga qaramay sotmaslikka qaror qildi.
 

TeamTalk nashri xabar berishicha, 29 yoshli forvardga «Shabal Al-Ahli» klubi katta qiziqish bildirgan. Biroq «Tottenxem» rahbarlari taklif etilgan shartnoma tuzilishiga rozi bo‘lmagani uchun kelishuv amalga oshmadi. Shu bois Risharlison kamida yanvar oyigacha  "shporlar" tarkibida qoladi. Avvalroq ommaviy axborot vositalarida braziliyalik futbolchi yozda vatanga qaytishi yoki Turkiya chempionatiga yo‘l olishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqalgan edi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda Risharlison Angliya chempionatida jamoa safida 32 o‘yin o‘tkazib, 11 ta gol urdi va to‘rtta golli uzatma muallifiga aylandi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q