Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

"Tottenxem" manchesterliklar transferini barbod qilmoqchi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Transfer bozoridagi to‘qnashuvlar ham qiziydi

Londonning «Tottenxem» klubi Angliya Premier-ligasini tark etgan «Vest Xem» yarim himoyachisi Mateush Fernandesning transferi bo‘yicha «Manchester Yunayted» olib borayotgan muzokaralarga aralashish niyatida. Bu haqida futbol bozorida ishonchli manba sifatida tanilgan insayder Fabrizio Romano xabar berdi.

Jurnalist ma’lumotiga ko‘ra, «Manchester Yunayted» bir necha haftadan beri muzokaralar davomida «Vest Xem» rahbariyati va futbolchining atrofidagi odamlar bilan faol muloqot olib bormoqda. 

Ammo so‘nggi kunlarda kutilmaganda «Tottenxem» ham sahnaga chiqdi. Ma’lum qilinishicha, «shporlar» vakillari Mateush Fernandesning agenti bilan aloqa o‘rnatgan va futbolchi uchun kurashga qo‘shilish imkoniyatini o‘rganmoqda.

Shu bilan birga, bu jarayon Sandro Tonali bo‘yicha olib borilayotgan muzokaralardan alohida ko‘rilayotgani ta’kidlanmoqda. London klubi har ikki yarim himoyachini ham o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda.

O‘tgan mavsumda Mateush Fernandes barcha musobaqalarni hisobga olgan holda 42 o‘yinda maydonga tushdi. U shu davr mobaynida beshta gol urdi va beshta hal qiluvchi pas berdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q