"Tottenxem" yangi bosh murabbiyini e'lon qildi!
Igor Tudor "Tottenxem" bosh murabbiyiga aylandi. Bu haqida klub matbuot xizmati xabar berdi.
Ta'kidlanishicha, xorvatiyalik mutaxassis "shporlar"ni joriy mavsum yakuniga qadar boshqaradi.
"Igor bizga aniq maqsad bilan qo'silmoqda. Uning asosiy vazifasi natijalarni yaxshilash, muvaffaqiyatga erishish va Premer-liga turnir jadvalida ko'tarilish. Shuningdek, Tudor mavsumning hal qiluvchi bosqichida jamoaga uyushqoqlik, intensivlik va raqobatbardoshlik olib kelish", - deyiladi "Tottenxem" bayonotida.
Ma'lumot uchun, London klubiga tayinlangunga qadar 47 yoshli mutaxassis "Yuventus"b "Marsel" va "Verona" klublarini boshqargan.
Fikrlar