Tramp: Keynni himoyachi sifatida qo‘llash – ehtimol, xatodir
Donald Tramp jahon chempionatini oddiy sport musobaqasidan ancha katta, tarixda alohida ahamiyatga ega voqea sifatida baholadi.
Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida AQSh prezidenti Donald Tramp FIFA rahbari Janni Infantino bilan birga jahon chempionati haqida fikr bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, 19 iyul kuni Ispaniya va Argentina terma jamoalari o‘rtasida musobaqaning final bahsi o‘tkaziladi.
«Amerikaliklar uchun o‘z mamlakati go‘zalligini butun dunyo bilan bo‘lishish katta sharaf bo‘ldi.
Bugun Amerika tarixdagi eng kuchli, eng boy va eng nufuzli pallalaridan birini boshdan kechirmoqda. Sizlar esa bu jarayonning muhim qismi hisoblanasiz», – dedi Tramp.
Uning ta’kidlashicha, jahon chempionati oddiy sport musobaqasi doirasidan ancha keng bo‘ldi.
«Menimcha, bu shunchaki sport tadbiri emas edi. Bu oddiy musobaqadan ancha katta, ancha muhim voqea bo‘ldi. Bu mutlaqo o‘ziga xos, alohida ahamiyatga ega chempionat sifatida tarixda qoladi», – deya qo‘shimcha qildi AQSh prezidenti.
Tramp Angliya terma jamoasi haqida ham to‘xtalib o‘tdi: «Keynni himoyachi sifatida qo‘llash – ehtimol, xatodir. Hujumga o‘tib, eng yaxshi futbolchini orqa chiziqqa qaytarishdi. Lekin men murabbiylikdan nima tushunaman, axir?»
Shuningdek, u Balogun haqida ham fikr bildirdi: «Infantino juda to‘g‘ri qaror qabul qildi. Men Janniga qo‘ng‘iroq qilib: “Shikoyat bildirmoqchiman”, dedim. Agar Folarin maydonga tushmaganida, AQSh shunday derdi: “Eng kuchli futbolchilar bilan o‘ynaganimizda g‘alaba qozonardik”».
Izohlar (0)