Turk yulduzi 150 million yevroga baholandi

  • 12.10.2026 12:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Arsenal” va “Tottenxem” klublari “Yuventus” qanot hujumchisi Kenan Yildizga qiziqish bildirmoqda. Hozircha Turin klubi 21 yoshli vingerni kelasi transfer oynasida sotishga tayyor yoki tayyor emasligi ma'lum qilinmagan. Bu haqida jurnalist Janluka Di Marcio xabar berdi.

- Agar “Yuventus” uni sotadigan bo'lsa, transfer qiymati, shubhasiz, to'qqiz xonali raqam bilan ifodalanadigan summa bo'ladi. Albatta, 110 yoki 120 million yevro emas, balki 150 million yevroga yaqinroq miqdor haqida gap ketadi.

Agar men 100 million yevrodan ortiq pulga sotilishi aniq bo'lgan bir futbolchini aytishim kerak bo'lsa, bu “Yuventus”dan Kenan Yildiz bo'lardi, - deya Di Marcioning so'zlarini keltirdi Goal.

Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil yozigacha tuzilgan. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, uning bozor qiymati 75 million yevroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!