Turkiya terma jamoasiga yangi bosh murabbiy topildi
Montello eplolmadi
Turkiya terma jamoasi bosh murabbiyi Vinsentso Montella yaqin vaqtlarda oʻz lavozimini tark etishi kutilmoqda. Italiya ning nufuzli nashri La Gazzetta dello Sport xabariga koʻra, uning oʻrniga keladigan mutaxassis amalda aniq boʻlib boʻlgan.
Manba maʼlumoticha, terma jamoani endilikda Arda Turan boshqarishi rejalashtirilgan. 39 yoshli Turan turk futboli afsonalaridan biri sifatida eʼtirof etiladi. U futbolchi sifatida «Galatasaray», «Atletiko» va «Barselona» tarkibida maydonga tushgan. Turkiya terma jamoasi safida 100 ta oʻyin oʻtkazib, 17 ta gol urgan.
Hozirda Arda Turan Donetskning «Shaxtyor» jamoasi bosh murabbiyi hisoblanadi. U oʻtgan mavsumda klubni chempionlikka olib chiqqan edi.
Turkiya terma jamoasining soʻnggi natijalari esa kutilganidek boʻlmadi. Jamoa jahon chempionatida guruh bosqichidayoq, ikki oʻyindan soʻng musobaqani tark etdi. Liga millatlari musobaqasining joriy mavsumida esa turklar toʻrt oʻyin ketma-ket magʻlubiyatga uchradi.
Izohlar (0)