Tyerri Anri Yevropa mavsumidagi eng yaxshi transferni aytdi

  • 09.09.2026 13:34
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Evropa futbolida joriy mavsumning eng omadli transferi nomini afsonaviy sobiq futbolchi Tyerri Anri aytdi. Uning fikricha, bu sharaf «Barselona»ga kelib qo‘shilgan Rodriga tegishli. Xavbek 

«Manchester Siti» tarkibidan La Liga klubiga o‘tgan edi.

 

Anri Rodrining mahorat va tajribasini yuqori baholadi.

 

«Hammamiz bilamiz, o‘tgan yili Rodri o‘zining eng yaxshi holatida emasdi, biroz qiynaldi, tanqid ham ko‘p eshitdi. Lekin Ispaniya terma jamoasi bilan jahon chempionatida ko‘rsatgan o‘yini va hozir «Barselona»da namoyon qilayotgan o‘yini ko‘rib turibmiz.

Men uchun hozircha Evropadagi mavsumning eng yaxshi transferi shu. Buning sababi aniq: u sinovdan o‘tgan, ishini juda yaxshi biladigan tayanch yarim himoyachi. «Oltin to‘p» va futbolda qo‘lga kiritgan barcha yutuqlari bunga yorqin misol», – dedi Anri.

 

Eslatib o‘tamiz, Rodri uchun kurashda «Barselona» «Real»dan ilgari lab ketgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!