U meni aql­dan ozdirgan. Gvardiola faoliyatidagi eng qiyin raqibini aytdi

  • 17.07.2026 08:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Manchester Siti»ning sobiq bosh murabbiyi Xosep Gvardiola o‘z murabbiylik faoliyatidagi eng qiyin raqib sifatida Yurgen Kloppni tilga oldi.

- Yurgen Klopp mening butun faoliyatimdagi eng asosiy raqibim bo‘lgan. U har 20 daqiqada taktik tizimni o‘zgartira olardi. Rostdan ham meni aqldan ozdirgan paytlari ko‘p bo‘lgan, — deya Gvardiolaning so‘zlarini AS nashri keltiradi.

Eslatib o‘tamiz, 2026 yil 22 may kuni «Manchester Siti»ning rasmiy saytida Gvardiola mavsum-2025/2026 yakunlangach, jamoani tark etishi haqfida e’lon qilingan edi. Bu qaror murabbiyning shartnomasi yana bir yilga — 2027 yil yozigacha amal qilishiga qaramay qabul qilingan.

Yurgen Klopp esa 2025 yildan buyon Red Bull kompaniyasida xalqaro aloqalar bo‘yicha direktor lavozimida faoliyat yuritmoqda. Uning shartnomasi 2029 yil oxirigacha mo‘ljallangan. Red Bull korporatsiyasiga kelgunga qadar Klopp 2015 yildan 2024 yilgacha «Liverpul»ni boshqargan. Avvalroq ommaviy axborot vositalarida mutaxassis Germaniya terma jamoasini boshqarib qolishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!