Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

U tarixga kirdi!

Baxtiyorjon Toshtemirov
Izohlar: 0

Bunaqasi avval bo‘lmagandi.

Kecha “Roma” UEFA Evropa Konferentsiyalar ligasi guruh bosqich dastlabki turi doirasida Sofiyaning TsSKA klubini qabul qildi.

Shu kuni rimliklar 5:1 hisobida g‘alaba qozondi. “Roma”ning ikki goliga Lorentso Pellegrini mualliflik qildi.

E’tiborlisi, 25 yoshli italiyalik futbolchi shu tariqa noyob rekord sohibiga aylandi. Pellegrini UEFA Chempionlar ligasi, Evropa ligasi va Konferentsiyalar ligasida gol urgan tarixdagi ilk futbolchi bo‘ldi.

Joze Mourino boshchiligidagi “Roma” Konferentsiyalar ligasi guruh bosqichining 2-turida o‘z maydonida Luganskning “Zarya” klubini qabul qiladi. Ushbu bahs 30 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q