Uch superfutbolchidan birini olamiz!

  • 4 iyun, 06:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” odatdagidek faol transfer siyosatini yuritishni davom ettiradigan bo‘lyapti. Ayni paytda “aristokratlar” quyi ligaga tushib ketgan “Ipsvich” hujumchisi Liam Delap transferini yakunlash arafasida turibdi.

Tecno

Taniqli jurnalist Ben Jeykobsning yozishicha, London klubi bu bilan hujum chizig‘ini kuchaytirish ishlarini to‘xtatmaydi.

Manbaga ko‘ra, “Chelsi” uch nafar superfutbolchini nishonga olgan. Klub mutasaddilari yozgi transferlar davrida “Manchester Yunayted”dan ketishga qaror qilgan Alexandro Garnacho, “Atletik” etakchisi Niko Uilyams va “Borussiya Dortmund”da porlay boshlagan Jeymi Bayno-Gittensni jamoaga ko‘chib o‘tishga ko‘ndirishga urinib ko‘radi.

Transferlarga ixtisoslashgan Transfermarkt portalida Garnacho 45, Uilyams 70 va Bayno-Gittens 50 million evroga baholangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!