UEFA VARni soddalashtirmoqchi
UEFA bu yozda Yevropaning yetakchi ligalari bilan VARdan qanday foydalanilayotganini masalasini muhokama qilish uchun yig‘ilish o‘tkazadi. Bu haqida Sky Sports xabar berdi.
UEFA butun Yevropa bo‘ylab yanada soddalashtirilgan yondashuvni xohlamoqda. Bu esa VAR faqatgina “aniq va ravshan xatolar”ni kamaytirish uchun ishlatilishini ta’minlaydi.
Yig‘ilishga UEFA hakamlar bo‘limi rahbari Roberto Rosetti mezbonlik qiladi va u Jahon chempionatidan keyin o‘tkaziladi. Unda Premier-liga, La Liga, A Seriya, Bundesliga va Liga 1 kabi ligalar vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.
Rosetti o‘tgan oy futbol “mikroskopik aralashuvlar” yo‘liga kirib ketishini istamasligini aytgan edi.
UEFA VARni futbol uchun foydali deb hisoblaydi — agar u to‘g‘ri qo‘llansa va bu tizim futbolning ajralmas qismi bo‘lib qoladi. Shunga qaramay, uning joriy etilishi bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan va ko‘plab muxlislar uning o‘yinga ta’siridan norozi.
Fikrlar