"UFC 251". Amirxani raqibini bo‘g‘ish usuli bilan engdi

  • 12 iyul, 2020, 06:08
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

BAAning Abu-Dabi shahrida bo‘lib o‘tayotgan "UFC 251" turnirida finlyandiyalik Makvan Amirxani shotlandiyalik Denni Genriga qarshi oktagonga ko‘tarildi.

Tecno

Jangning dastlabki raundida Amirxani raqibini bo‘g‘ish usuli evaziga mag‘lub etdi. Amirxani raqibini jiddiy tarzda bo‘g‘ib oldi va hakam Genri hushsiz holatga tushib qolganini payqab, o‘z vaqtida jangni to‘xtatdi.

Turnirning markaziy jangida yarimo‘rta vazn toifasida chempionlik kamari uchun Kamaru Usman va Xorxe Masvidal o‘zaro to‘qnash keladi.

Saytimiz ijodkorlari "UFC 251" turnirining matnli translyatsiyasini yoritib borishmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!