
"UFC 251". Ayollar o‘rtasida kechgan jang ilk raunddayoq yakunlandi
BAAning Abu-Dabi shahrida bo‘lib o‘tayotgan "UFC 251" turnirida braziliyalik Amanda Ribas amerikalik Peyj Vanzantga qarshi oktagonga ko‘tarildi.
Jangning dastlabki raundida "quvnoq" Ribas tirsak qayirish uslubi evaziga raqibasini dog‘da qoldirdi.
Turnirning markaziy jangida yarimo‘rta vazn toifasida chempionlik kamari uchun Kamaru Usman va Xorxe Masvidal o‘zaro to‘qnash keladi.
Saytimiz ijodkorlari "UFC 251" turnirining matnli translyatsiyasini yoritib borishmoqda.
Fikrlar