UFC afsonasining navbatdagi raqibi ma’lum bo‘ldi

  • 20 avgust, 2020, 10:18
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

O‘rta vazn toifasida sobiq UFC chempioni, “O‘rgimchak” nomi bilan mashhur bo‘lgan braziliyalik  Anderson Silva o‘zining navbatdagi jangini Yuraya Xollga qarshi o‘tkazadi. ESPN xabariga ko‘ra, jang 31 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi va “Fight Night” seriyali turnirining asosiy kardini ochib beradi. Afsonaga aylangan braziliyalik so‘nggi jangini 2019 yil 11 mayda “UFC 237" turniri doirasida Jarred Kannonirga qarshi o‘tkazib, 1-raundning o‘zidayoq, texnik nokaut evaziga mag‘lub bo‘lgandi.

Tecno

45 yoshli Silva faoliyati mobaynida 34 ta g‘alaba va 10 ta mag‘lubiyat qayd etgan. Nik Dias bilan yana bir jangi esa bekor qilingandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!