UFC O'zbekistonda turnir o'tkazadi
Jangchilar tayyorlaning!
Dunyodagi eng yirik MMA promoushenlaridan biri hisoblangan UFC 2027 yilda o‘z turnirlarini o‘tkazish geografiyasini yanada kengaytirishni rejalashtirmoqda.
La Gazzetta Georgia nashri ma’lumotlariga ko‘ra, Qozog‘istondan tashqari, UFC O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Gruziyda ham turnirlar tashkil etishni rejaga kiritgan. Xabarga ko‘ra, O‘zbekistonda («Humo Arena») va Gruziyda (Tbilisi sport saroyi) katta turnirlar 2027 yilning uchinchi choragiga mo‘ljallangan.
«Bishkek Arena»dagi musobaqa esa shu yilning to‘rtinchi choragida o‘tkazilishi kutilmoqda. Hozircha aniq sanalar ochiqlanmagan, arenalar ham dastlabki variant sifatida ko‘rilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, UFC tarixidagi ilk turnir Qozog‘istonda 2027 yil 1 may kuni Almaty shahridagi Almaty Arena majmuasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Liga Qozog‘istonda musobaqa tashkil etish imkoniyatini 2020 yildayoq ko‘rib chiqqan, biroq koronavirus pandemiyasi bu rejalarni amalga oshirishga to‘sqinlik qilgan edi.
Izohlar (0)