UFC P4P reytingida ham bitta o‘zgarish bo‘ldi
Ahmadbek Eshmatov
Islom Maxachev reytingda etakchilik qilmoqda.
UFC reytingi e’lon qilinganidan so‘ng, bir qator o‘zgarishlar ham yuzaga keldi. Jumladan, vazn toifasidan qa’tiy nazar eng yaxshi jangchilar P4P reytingida ham bitta o‘zgarish bo‘ldi. O‘rta vazn (83,9 kg) toifasi chempioni Shon Striklend bitta pog‘ona yuqorilab, 7-o‘rinda qayd etildi. U o‘ta engil vazn (61,2 kg) toifasi chempioni Shon O’Mellini ortda qoldirdi.
Qolgan pog‘onalarda o‘zgarish qayd etilmadi. Ushbu reytingni hamon Islom Maxachev boshqarib bormoqda.


Izohlar (0)