
Ukam, bu jamoada iste’dodingni xor qilma!
“Manchester Yunayted”ning sobiq futbolchisi Niki Batt hozir jamoa sharafini himoya qilayotgan Markus Reshfordga muhitni o‘zgartirishni tavsiya qildi.
Keyingi mavsumlarda o‘yinida keskin pasayish kuzatilayotgan angliyalik hujumchi yangi chempionatda ham o‘zini ko‘rsata olgani yo‘q. Niki Batt 26 yoshli futbolchi o‘z iste’dodini barbod qilayotganidan xavotirda ekanini bildirdi.
- Men uning o‘yini nega o‘xshamayotganini bilmayman. Biroq buni kuzatish juda yoqimsiz holat. Markusni 8-9 yoshidan, “Manchester Yunayted”dagi dastlabki qadamlarini tashlaganidan beri yaxshi bilaman. Unga doim katta umidlar bilan qaralgan.
Gapim kimlargadir g‘alati tuyulishi mumkin, lekin Reshford dunyoning eng zo‘r futbolchilaridan biri bo‘lish uchun etarli darajada iqtidorga ega.
Lekin keyingi paytda “Manchester Yunayted”da ishlari yurishmayapti. Hamma uning yana zo‘r o‘ynashini kutyapti. Ammo muhitni va jamoani o‘zgartiradigan vaqt kelgan. U yana iste’dodi porlaydigan jamoa topishi kerak, - dedi Niki Batt.
Fikrlar