Asosiy mazmunga oʻtish

Boks

Ulug‘bek Haqberdievning raqibi aniq bo‘ldi

Ahmadbek Eshmatov
Izohlar: 0

U rossiyalik bokschiga qarshi ringga ko‘tariladi.

28 mart kuni Qozog‘istonning Almati shahrida professional boks oqshomi tashkil etiladi. Unda hamyurtimiz Ulug‘bek Haqberdiev ham ringga ko‘tarilishi haqida xabar bergan edik. Uning raqibiga ham oydinlik kiritildi. Ulug‘bekning bu galgi raqibi rossiyalik mag‘lubiyat bilmay kelayotgan Arest Saakyan bo‘ladi. Saakyan profi ringda 4 marotaba jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan. 3 marotaba raqiblarini nokautga uchratgan.

Eslatib o‘tamiz: Ushbu jang kechasida yana ikki nafar yurtdoshimiz Fazliddin G‘oibnazarov hamda Xurshid Tojiboev ham navbatdagi janglarini o‘tkazadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q