Van Deyk: <<Bu muxlislar uchun ham yaxshi emas»
Niderlandiya terma jamoasi himoyachisi Virjil van Deyk Yaponiyaга qarshi oʻyindan (2:2) keyin Jahon chempionati–2026 bahslari paytida joriy etilgan suv ichish uchun tanaffuslar haqida fikr bildirdi.
«Suv ichish uchun pauzalar joriy etilgani, albatta, qiziq tajriba. Jahon chempionatidagi deyarli barcha oʻyinlarni tomosha qildim.
Har safar oʻyin toʻxtab, reklama uchun tanaffus boshlanganida menga yoqmasdi. Oʻylaymanki, oʻyinlarni televizor orqali kuzatib borayotgan betaraf muxlislar uchun ham bu unchalik yoqimli emas.
Agar haqiqatan ham havo juda issiq boʻlsa, bunday pauzalar kerak. Lekin har bir uchrashuvni alohida holat sifatida baholash lozim, deb hisoblayman.
Oʻylaymanki, bu borada yetarlicha fikr bildirdim», – dedi Virjil van Deyk.

Fikrlar