Varan qishda ketadigan bo‘lyapti
"Manchester Yunayted" markaziy himoyachisi Rafael Varan yanvar oyidayoq sotib yuborilishi mumkin.
Frantsiyalik futbolchi sentyabr oyining oxiridan beri Premer-liganing birorta uchrashuvini asosiy tarkibda boshlamadi. Jumladan, Chempionlar Ligasining “Galatasaroy"ga qarshi o‘yinida Erik ten Xag Varanni qaydnomaga ham kiritmadi.
"SportsZone" nashri xabariga ko‘ra, Varan klubini o‘zgartirmoqchi va yanvardayoq ketishga tayyor. "Manchester Yunayted" ham uni sotishga qarshi emas.
30 yoshli himoyachi joriy mavsum APLda 12 ta o‘yinda qatnashib, bitta gol urdi. "Transfermarkt" portali Rafaelni 35 million evroga baholamoqda.
Fikrlar