Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Vensan Kompani "Bavariya"ga "Barsa" yulduzini chorlayapti

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

"Bavariya" uchun yangi nomzod paydo bo‘ldi

«Bavariya» bosh murabbiyi Vensan Kompani jamoa yarim himoyasini kuchaytirish uchun yangi nomzodni belgiladi. Bu haqida jurnalist Xuan Xesus xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, mutaxassis «Barselona» tarkibida to‘p surib kelayotgan Gavini o‘z jamoasida ko‘rishni istamoqda. 

Kompani ispaniyalik futbolchini yozgi transfer oynasida asosiy ustuvor maqsadlardan biri sifatida ko‘rmoqda. Avvalroq Gaviga boshqa yuqori darajadagi klub ham da’vogar ekani haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgan edi.

Yosh yarim himoyachini qo‘lga kiritishga PSJ ham jiddiy qiziqish bildirmoqda. Xabarlarga qaraganda, futbolchini jamoaga olib kelish tashabbusi Luis Enrique tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda. Transfermarkt portali Gavining transfer qiymatini 25 million yevro atrofida baholamoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q