Vinisius “Barsa” ustidan kuldi
Ispaniya kubogi yarim finalining dastlabki uchrashuvida “Barselona” futbolchilari Madridga safar qilib, “Atletiko” maydonida 0:4 hisobida qaqshatqich mag‘lubiyatga uchradi.
Bu natija kataloniyaliklar muxlislarni qattiq ranjitdi. Garchi oldinda javob uchrashuvi bo‘lsa-da, Hans-Diter Flik shogirdlarining finalga chiqishi juda qiyin masala ekanini o‘zlari ham tushunib turibdi.
The Touchline nashri o‘z sahifasida “Real” hujumchisi Vinisius Juniornig strimer Ibay Llyanos bilan birga turgan holda hayrat va kulgi bilan aks etgan surati e’lon qilindi. Manbaga ko‘ra, bu uning “Barselona” mag‘lubiyatiga reaksiya bo‘lgan. Ular Nike tadbirida uchrashgan.
Bu mavsumda “el-klasiko”da jamoalar o‘zaro g‘alabalar almashgan: La Ligada “Real” 2:1 hisobida g‘alaba qozongan, Superkubok finalida esa “Barselona” 3:2 hisobida ustun kelgan edi.
Fikrlar