Vinisius hech kimga kerak emas
Madridning “Real” klubi 25 yoshli braziliyalik vinger Vinisius Zhunior bilan shartnomani uzaytirishni istamoqda. Bu haqida Marca nashri xabar bermoqda.
Aslida hamkorlikni uzaytirish bo‘yicha muzokaralar anchadan beri davom etib kelayotgan edi. Braziliyalik futbolchi klubda eng ko‘p maosh oladigan o‘yinchi maqomiga ega bo‘lmoqchi. “Qirollik klubi” esa uning bu talabini bajarmoqchi emas.
O‘tgan yili badavlat klublar tomonidan talash bo‘lgan Vinisius Zhuniorda juda katta tanlov imkoniyati bor edi. Hozir vaziyat o‘zgargan.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, yaqin vaqt ichida madridliklar vingerga yangi shartnoma taklif qiladi. Braziliyalik futbolchi 2023 yilda yaxshilangan shartlar asosida imzolagan hozirgi kelishuv 2027 yil iyun oxirigacha amal qiladi.
Ma’lum bo‘lishicha, boshqa hech bir klub yaqinlashib kelayotgan yozda Vinisiusni sotib olishga tayyor emas.
Joriy mavsumda Vinisius 47 ta o‘yinda qatnashib, 17 ta gol va 14 ta golli uzatma qayd etdi. Hozirgi vaqtda Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining qiymati 150 million yevroni tashkil etadi.

Fikrlar