Vinisius “Real”ga ultimatum qoʻydi

  • 27.01.2026 07:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Ispaniya chempionligi uchun kurashayotgan “Real”ning keyingi yillardagi eng samarali futbolchilaridan biri Vinisius Zhunior o‘z kelajagi masalasini tezroq hal qilmoqchi.

Braziliyalik yulduzning ustuvor tanlovi “Qirollik klubi” bilan amaldagi shartnomasini uzaytirishdan iborat.

Biroq madridliklar Vinisiusning bir mavsum uchun talab qilayotgan 30 million yevro miqdordagi maoshni ortiqcha va bo‘rtirilgan, deb hisoblamoqda.

El Nacional ma’lumotlariga ko‘ra, Vinisius masalani cho‘zilishini istamaydi va shuning uchun klubga ultimatum qo‘ygan.

Unga ko‘ra, “Real” aprel oyiga qadar shartnoma bo‘yicha futbolchiga yakuniy javobini berishi kerak. Agar klub uning maoshini jiddiy oshirishga rozi bo‘lmasa, Vinisius Madriddan ketishga tayyor bo‘ladi.

Shuningdek, u boshqa klublardan tushgan ayrim takliflar haqida aytib, muzokaralarda bosim o‘tkazgani ta’kidlanmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2027 yil o‘rtalarigacha tuzilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!