Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Vinisius Ronalduning rekordini yangiladi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Zoʻrdan zoʻr koʻp

Yevropa Chempionlar ligasi chorak final javob o‘yinida “Real”ning braziliyalik legioneri Vinisius Zhunior “Bavariya” bilan bo‘lgan safar uchrashuvda assist qayd etdi.

U 42-daqiqada hujumdagi sherigi Kilian Mbappega golli uzatma berdi. Bu Vinisius uchun Yevropa Chempionlar ligasida “Real” safidagi 32-assist bo‘ldi.

Shu tariqa, braziliyalik yulduz qit’aning eng nufuzli turnirida samarali pas berish bo‘yicha Krishtianu Ronaldu rekordini takrorladi.

“Real” futbolchilari ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, “Bavariya” to‘sig‘idan o‘tolmaganini inobatga olsak, Vinisius Zhunior bu mavsum assistlar bo‘yicha jamoasining mutlaq rekordini o‘rnata olmaydi.

Vinisius agar faoliyatini “Real”da davom ettiradigan bo‘lsa, kelasi mavsum assistlari sonini oshirib, yaqqol rekordchiga aylanishi mumkin.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q