Vinisiusni Evropada izini ham qoldirmaymiz

  • 07.02.2026 12:17
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Braziliyaning eng mashhur klublaridan “Flamengo” rahbariyati Madridning “Real” jamoasidan hujumkor futbolchi Vinisius Juniornı qaytarib olish tashabbusi bilan chiqdi.

Bu haqida Mundo Deportivo nashriga Braziliya klubining sport direktori Xose Broto ma'lum qilgan.

Manbaga ko‘ra, “Flamengo” rahbariyati yaqinda jamoaga “Aston Villa”dan Lukas Paketani olib kelganidan so‘ng, navbatdagi asosiy transfer nishoni sifatida Vinisiusni belgiladi.

Xose Broto aytishicha, agar futbolchi “Real” bilan shartnomasini uzaytirmaslikka qaror qilsa, klub uni erkin agent sifatida qo‘lga kiritish imkoniyatini ko‘rib chiqishga tayyor.

- Vinisius uchun eshiklarimiz doimo ochiq. Uning shartnomasi tugayapti, shuning uchun biz “Real”ga hech narsa to‘lamay uni qo‘lga kiritamiz, - dedi sport direktori.

Vinisiusning Madrid klubi bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha amal qiladi. Mashhur yulduz “Flamengo” akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va 2018 yilda 45 million yevro evaziga “Qirollik klubi”ga ko‘chib o‘tishdan oldin Braziliya klubining asosiy tarkibida o‘ynagan.

Vinisius “Flamengo” safida  69 ta o‘yin o‘tkazib, 14 ta gol urgan va 5 ta golli uzatma bergan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!