Virtsni “Real”ga joylashmoqchi

  • 13.03.2026 05:21
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Germaniya terma jamoasi va “Liverpul” futbolchisi Florian Virtsning agenti Folker Shtrut mijozi faoliyatini “Real Madrid” klubida davom ettirish istagini bildirayotganini aytdi.

Uning taʼkidlashicha, Virts “Bayer”da oʻynab yurgan kezlari uning “Liverpul” yoki “Bavariya”ga oʻtish masalasi muhokama qilingan paytda u “Real”ga yangi tayinlangan Xabi Alonso bilan bogʻlanib, futbolchini oʻzi bilan “Qirollik klubi”ga olib ketishni soʻragan.

Alonso esa, bu masala boʻyicha klub prezidenti Florentino Peresga murojaat qilishni maslahat bergan.

Shtrut ushbu tavsiya koʻra, Peresga xabar yozib, Virts har qanday jamoani kuchaytira olishini taʼkidlagan. Oʻsha paytda jamoa tarkibi va byudjet sababli transfer uchun noqulay vaqt boʻlgan.

Garchi Florian Virts oʻtgan yozda “Liverpul”ga koʻchib oʻtgan boʻlsa-da, yaqin kelajakda “Real”ga oʻtish fikridan voz kechmagan. Folker Shtrut esa, mijozining orzusini roʻyobga chiqarish imkoniyatlarini oʻrganib chiqyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!