Vitinya PSJ afsonasini ortda qoldirib, rekordini o‘rnatdi

  • 11.10.2026 10:56
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

PSJ yarim himoyachisi Vitin'ya jamoa safida 212-uchrashuvini o‘tkazdi. 26 yoshli futbolchi Liga 1 doirasida «Le Man»ga qarshi uydagi bahsning 59-daqiqasida zahiradan maydonga tushirildi. 

Oradan ko‘p o‘tmay, parijliklar ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol etib, irodali g‘alabaga erishdi – 3:1.

ParisSG INFOS nashri xabariga ko‘ra, Vitin'ya PSJ tarkibida maydonga tushgan o‘yinlar soni bo‘yicha klub tarixidagi eng samarali portugaliyalik futbolchiga aylandi. U shu ko‘rsatkich bo‘yicha jamoaning sobiq yulduz hujumchisi, muxlislar sevimlisi Pedru Pauletani (211 o‘yin) ortda qoldirdi.

Vitin'ya 2022 yilning yozida «Portu» klubidan PSJga o‘tgan edi. Shu vaqtgacha u parijliklar safida 212 uchrashuvda maydonga tushib, 27 ta gol urdi va 25 marta jamoadoshlarini gol urishga undagan hal qiluvchi paslar muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!