Xaviga zo‘r ish chiqdi

  • 28.09.2025 18:26
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Barselona” bosh murabbiyligini tark etganidan beri ishsiz yurgan Xavi Ernandes tez orada yana murabbiylik faoliyatiga qaytishi kutilyapti.

Jurnalist  Matteo Morettoning ma’lum qilishicha, ispaniyalik mutaxassis yaqinda Saudiya Arabistonining  “Al-Ittihod” jamoasi bosh murabbiyligidan iste’foga chiqarilgan Loran Blan o‘rnini egallashi mumkin.

Manbaga ko‘ra, “Al-Ittihod” rahbariyati Xavi bilan hamkorlik masalasida muzokaralarni boshlab yuborgan. Shunga qaramay, ispaniyalik mutaxassis bosh murabbiylikka yagona nomzod emas.

Xavi 2021-2024 yillar davomida “Barselona”da ishlagan va uning qo‘l ostida kataloniyaliklar Ispaniya chempionati va mamlakat Superkbogida g‘olib chiqqan. Xavi murabbiylik faoliyatini o‘zi o‘ynagan Qatarning “As-Sadd” jamoasida boshlagan va arab futbolini yaxshi biladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!