Xitoy kortlari qizimoqda
Zohir2018
Chorak finalchilar nomi aniqlanmoqda
Belgiyalik tennischi Elize Mertens Shenchjen shahrida o‘tayotgan xalqaro turnirning chorak final bosqichiga yo‘l oldi.
Elize yakkalik bahslarining ikkinchi davrasida xitoylik Syu Vanni qiyinchiliksiz 6:4, 6:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Mazkur g‘alaba belgiyalik tennischi uchun "Shenzhen Open"ning chorak final yo‘llanmasini taqdim etdi.
Endi Mertens yarim finalga chiqish uchun qozog‘istonlik Elena Ribakinaning qarshiligini engib o‘tishi kerak bo‘ladi.

Izohlar (0)