Xoland himoyachilardan uzr so‘radi

  • 17 yanvar, 21:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” bilan amaldagi hamkorligini 2034 yilning yozigacha uzaytirgan Erling Xoland Angliya Premer-ligasidagi himoyachilarga murojaat yo‘lladi.

Tecno

Norvegiyalik futbolchi mahorati oshishida raqib himoyachilarining roli katta ekanini alohida ta’kidladi.

- Qadrli himoyachilar, men oxirgi paytlarda sizlar bilan bo‘lgan o‘yinlari haqida juda ko‘p fikr-mulohaza qildim. Har qanday munosabatlarda bo‘lgani kabi bizda ham yuksalish va pasayishlar yuz berdi.

Ha, o‘rtamizda kurash bor. Lekin sizlar tufayli men yanada yaxshiroq futbolchiga aylanyapman.

Oxirgi vaqtda atrofimizda turli gap-so‘zlar tarqaldi. Men hammasini tushunib etdim. Ba’zan sizlar meni qarshingizda ko‘rishni istamassiz. Lekin men bizlar bir birimizga kerakmiz, deb o‘ylayman.

Shunday ekan, bir so‘z bilan aytganda, meni kechiringlar, ligada qoladigan bo‘ldim, - deb yozdi Erling Xoland.

24 yoshli hujumchi Norvegiyaning “Bryune” va “Molde” klublaridan etishib chiqqan. Bir yil Avstriyaning “Zaltsburg” jamoasida to‘p tepganidan keyin 2020 yilning yanvarida uni “Borussiya Dortmund” o‘z safiga qo‘shib oldi.

Mohir to‘purar Angliya Premer-ligasiga 2022 yilning yozida ko‘chib o‘tdi. Xoland hozirga qadar klublar miqyosidagi musobaqalarda jami 309 ta uchrashuvda ishtirok etib, o‘z hisobiga 246 ta gol va 51 ta assist yozdirib qo‘ygan.

Bundan tashqari, mohir to‘purar xalqaro miqyosida ham tinimsiz gol urmoqda. Erling Norvegiya milliy terma jamoasi safida 39 ta o‘yinda qatnashib, raqiblar darvozasini 38 marotaba ishg‘ol qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!