Xoland tabriklarni qabul qil!
Angliya premyer-ligasining 21-turida “Manchester Siti” o‘z maydonida “Brayton” bilan kuch sinashdi va qizg‘in o‘tgan bahsda 1:1 hisobida durang natija qayd etildi.
“Shaharliklar”ning golini Erling Holand kiritdi va uchta uchrashuv davom etgan golsiz seriyasiga yakun yasadi.
Bu 25 yoshli norvegiyalik forvad uchun “Manchester Siti”dag 150-gol sifatida qayd etildi.
Klub matbuot xizmati Holandni ushbu yutuq bilan tabrikladi.
Erling 150 ta golga yetishish uchun barcha musobaqalarda jami 173 ta o‘yin o‘tkazdi. Shuningdek, uning hisobida 25 ta golli uzatma ham bor.
Holand 2022 yilning yozidan buyon “Manchester Siti”da o‘ynab kelmoqda, u jamoaga Dortmundning “Borussiya” klubidan o‘tgan.
Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining hozirgi bozor qiymati 200 million yevroni tashkil etadi. U dunyodagi eng qimmat uch nafar futbolchi qatoriga kiradi.
Fikrlar