Xolanddan zo‘r to‘purar bor
Norvegiya terma jamoasi va “Manchester Siti” hujumchisi Erling Xoland bir necha mavsumdan beri tinimsiz gol urmoqda. Hatto ikki yil muqaddam Angliya Premer-ligasidek murakkab turnirga kelganidan beri ham gollari va assistlarining umumiy soni o‘yinlari sonidan ko‘p.
Shunga qaramay, “Tottenxem”ning sobiq futbolchisi Rafael van der Vart “Sporting” forvardi Viktor Dyokereshni Erling Xolanddan ustun ekanini ta’kidlamoqda.
- Gapim ahmoqona tuyulishi mumkin, lekin Dyokeresh Xolanddan ancha kuchli. Tabiiyki, Xoland zo‘r futbolchi, lekin Dyokereshda unda yo‘q nimadir bor, - dedi Rafael van der Vart.
Joriy mavsum statistikasi ham shved futbolchining ustunligini ko‘rsatmoqda. Xoland barcha turnirlarda 15 ta uchrashuv o‘z hisobiga 14 ta gol yozdirib qo‘ydi. Dyokeresh esa, 17 ta o‘yinda raqiblar darvozasini 23 marotaba ishg‘ol qildi va to‘rtta assistni amalga oshirdi.
Fikrlar