Xolandning hamyurtiga Angliyaning 5 klubi xaridor
Zoʻr oʻyinchi ekan
Norvegiyalik yosh vinger Antonio Nusa, transfer huquqlari Germaniyaning «RB Leyptsig» klubiga tegishli bo‘lgan futbolchi, Yevropa transfer bozorida eng ko‘p muhokama qilinayotgan nomzodlardan biriga aylandi.
Insayder Ekrem Konurning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, skandinaviyalik yarim himoyachiga bir qator Angliya grandi klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda. Xususan, «Arsenal», «Tottenxem», «Nyukasl», «Aston Villa» va «Kristal Pэlas» Nusani o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini o‘rganayotgani aytilmoqda.
Premyer-liga jamoalari futbolchining rivojlanishini yaqinidan kuzatib boryapti va kelgusi transfer oynalarida rasmiy taklif bilan chiqish ehtimolini baholamoqda.
21 yoshli Nusa «RB Leyptsig» bilan 2029 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan shartnoma bilan bog‘langan. Mutaxassislar uning bozor qiymatini taxminan 45 million yevro atrofida deb baholamoqda.

Izohlar (0)