Xolandning transferi 500 million yevroga tushadi
Soʻnggi xabarlarga qaraganda, “Real” oʻz muammolarini “Manchester Siti” yulduzi Erling Holandni taklif etish orqali hal qilishni rejalashtirmoqda.
Florentino Peres yozda katta transferni amalga oshirishga harakat qiladi.
Madrid Zone nashri jurnalist Patrik Bergerga tayanib xabar berishicha, norvegiyalik futbolchi uchun umumiy xarajatlar taxminan 500 million evroni tashkil qilishi mumkin.
Bu summaga transfer qiymati, turli komissiyalar, imzo bonuslari va hujumchining maoshi ham kiradi. Aynan moliyaviy jihat “Qirollik klubi” uchun eng katta toʻsiq hisoblanadi.
Transfermarkt saytida Holandning narxi 200 million evro deb baholangan. 25 yoshli futbolchining «Manchester Siti» bilan shartnomasi 2034 yilgacha amal qiladi.
Fikrlar